O‘zbekiston prezidenti farmatsevtika korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda bojxona imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytirilishi, 100 mln dollarlik kapitalga ega Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tashkil etilishini ma’lum qildi.
Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterida birinchi bosqichda texnopark, jumladan, ma’muriy markaz, R&D markazi, xavfsizlik nazorati laboratoriyasi, klinik tadqiqotlar markazi, Farmatsevtika texnik universiteti va vivariy quriladigan ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.
Prezident qarori bilan Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting